Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladi.
Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini toʻlash talabi bekor qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
asbob-uskunalar sotib olish (sotish) boʻyicha shartnomada montaj va ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa xizmatlar qiymati koʻrsatilmagan hollarda bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi;
mazkur xizmatlarni koʻrsatganlik uchun norezidentning soliq solinadigan daromadini shartnoma qiymatining 20 foiziga teng deb hisoblashning amaldagi tartibi bekor qilinadi.