баннер
26 Mar 2025
16:38

    Sanoat kadrlarini tayyorlash markazi tashkil etiladi

    Kelgusida mazkur markazni bitirgan fuqarolarimiz Oʻzbekistonning yirik sanoat korxonalarida, qolaversa, Koreya Respublikasidagi korxonalarda ham ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasini amalga oshiriladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, vazir Botir Zohidov Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi ofisi direktori Shin Myong Sop boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan mazkur loyiha yuzasidan yakuniy muzokaralar oʻtkazdi. Unga koʻra, loyihani Oʻzbekistonda 2026-2032-yillarda amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Loyiha doirasida Sanoat kadrlarini tayyorlash markazini tashkil etish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilgan.

    Kelgusida mazkur markazni bitirgan fuqarolarimiz Oʻzbekistonning yirik sanoat korxonalarida, qolaversa, Koreya Respublikasidagi korxonalarda ham ishlash imkoniyatiga ega boʻladi.

    Maʼlumot uchun: KOICA tashkiloti tomonidan “Sanoat kadrlarini tayyorlash” loyihasi Oʻzbekiston, Kambodja va Vetnam davlatlaridan birida amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech