баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Sanoat taraqqiyoti sari yana bir ishonchli qadam

    Toshkentda MDH davlatlarining er qa'rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha Hukumatlararo kengashining XXIV sessiyasi o'tkazildi. Sessiyada Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Rossiya delegasiyalari qatnashdi.

    Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi foydali qazilmalar konlari joylashgan chegaraoldi hududlarni birgalikda geologik oʻrganish, shuningdek qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlari bilan 1: 1000000 masshtabdagi umumlashma geologik xaritalarini tuzish va yer poʻstining yirik bloklarini mineralogik potensialini baholash ishlarida qatnashmoqda.

    Hukumatlararo kengash oʻz faoliyatini 5 yillik Istiqbol rejasi boʻyicha amalga oshirmoqda.  Bunda yer qaʼrini geologik oʻrganish, mamlakatlar mineral-xom ashyo bazalarini toʻldirish, sifat jihatdan yaxshilashga doir muayyan loyihalar va hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari, istiqbolli loyihaviy va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni aniqlash ishlari aks etadi.

    Rejalangan ishlar bir shaklga keltirilgan maʼlumotlar bazasi asosida hududning yagona geologik-kartografik asosi yaratilishini taʼminlaydi, bu esa foydali qazilmalar uyumlarini prognoz qilishning ishonchliligini oshirish uchun zarur boʻlib, izlash ishlarini olib borish chogʻidagi tavakkalchiliklarni kamaytiradi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan bir qator takliflar ilgari surilgan boʻlib, ular MDH Hukumatlararo kengashining 2021-2025-yillarga doir rejasiga kiritilgan.

    Jumladan, Markaziy Osiyo hududining 1:200000 masshtabdagi xaritalar qismlari mavjud boʻlgan 1:1000000 masshtabdagi umumlashma va ixtisoslashtirilgan geologik xaritalarni tuzish, Stratigrafik, tektonik, petrografik va laboratoriya-analitik tadqiqotlar boʻyicha tajriba almashish va ishlarni muvofiqlashtirish, Izotopli geoxronologiya asosida Markaziy Osiyo burmalanish kamarining tomezozoy metamorfik va magmatik komplekslarini korrelyatsiyalash ishlarini hamkorlikda amalga oshirish koʻzda tutilgan.

    Ushbu tashabbus turli geologik maktablarda tajriba va yangi tadqiqot yutuqlari bilan almashinishga, fundamental va amaliy fanlar sohasida mutaxassislar oʻrtasida uzviy aloqalar oʻrnatilishiga, muvaffaqiyatli loyihalarni moslashtirishga va umuman olganda istiqbolda yangi geologik obyektlarni aniqlanishiga yordam beradi.