Sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun toʻlovni 24 oyga boʻlib toʻlash imkoniyati yaratildi

    Biznes 12 Dekabr 2023 892

    Bunga qadar 12 oy muddatga boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF–198-son Farmoni bilan sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish toʻlovlarini 24 oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etildi.

    Bunga qadar 12 oy muddatga boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

    Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida erkin iqtisodiy zona, turistik rekratsion zona, maxsus sanoat zona, kichik sanoat zona va yoshlar sanoat zonalaridagi yer uchastkalarini sotib olishda toʻlovlarni yigirma toʻrt oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratilgan.

    Ayni paytda 4,5 mingdan ortiq sanoat zonalaridagi yer uchastkalari e-auksion.uz saytiga savdoga chiqarilgan boʻlib, roʻyxatdan olgan holda sotib olishingiz mumkin.