Ilgari xabar berganimizdek,  “Bo'zatov FEST” yoshlar ovozi tanlovining respublika bosqichi  joriy yilning 10-15 may kunlarida Qoraqalpog'iston Respublikasida  bo'lib o'tmoqda.

Bugun,11 may kuni  Nukus shahrida qurilgan  maxsus pavilonda YOshlar ovozi festivalining final bosqichiga  start berildi. Baxshichilik yo'nalishida 10-30 yoshgacha bo'lgan 31 nafar  ishtirokilar o'z iqtidorlarini namoyish etdi.

- To'g'risini aytadigan bo'lsam, bugun men uchun juda quvonchli va shu bilan birga juda ham mas'uliyatli kun bo'ldi. Baxshichilik yo'nalishidagi ijroimni tugatanimdan so'ng, zaldagi tomoshabinlarning olqishlaridan ko'nglim tog'dek ko'tarlidi. Demak, men unchalik ham yomon kuylamadim. Ayniqsa, onajonimning ko'zlaridan oqgan quvonch yoshlarini ko'rib,  shu tanlovda g'olib bo'lishni juda  istadim... Nima bo'lganda ham bu tanlov hayotimda tub bir burilish yasadi. Uni tashkil qilgan tashkilotchilarga katta raxmat, -  deydi qoraqolpog'istonlik tanlov  ishtirokchisi  Ashirbek Qo'ziboev.

Ha, “Bo'zatov FEST” yoshlar ovozi tanlovining respublika bosqichi bu yil ham o'z g'oliblarini munosib saralashiga ishonamiz.

Zero, zargar zar qadrini  bilganidek, tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini hakamlar hay'ati a'zolari, O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchieva, Ismoil Jalilov kabi bir qancha xalqimiz ardoqlagan sevimli  san'atkorlar jamoasi saralab bormoqda.

YAqin kunlarda tanlov qatnashchilaridan, eng iqtidorlilari, ya'ni  yosh yulduzlar kashf qilinadi. SHunday ekan  bo'lajak g'oliblarni,  Bo'zatovning maxsus shohsupasi  to'ridan joy egallashiga ham  sanoqli kunlar qoldi.,

 YAna shuni ma'lumot o'rnida qayd etib o'tmoqchimiz-ki,  tanlov ishtirkchilari, 12 may kuni opera, 13 mayda an'anaviy ijrochilik, 14 mayda esa  estrada yo'nalishida o'z   iste'dodlarini namoyish etadilar. 

Gulichehra DURDIEVA,

“YAngi O'zbekiston” muxbiri