Kecha Janubiy Amerika futbol assotsiatsiyasi(CONMEBOL) ushbu jahon chempionati uchun belgilangan saralash musobaqalarini oktyabr oyida oʻtkazish boʻyicha FIFAga murojaat bilan chiqdi, deyiladi Xalqaro olimpiya qoʻmitasi saytidagi axborotda.

FIFA taqvim rejasiga asosan Braziliya, Argentina, Urugvay kabi dunyoning kuchli jamoalari qatnashadigan ushbu saralash oʻyinlari aslida sentyabr oyida oʻtkazilishi lozim edi. Ammo koronavirus kasalligining keng yoyilishi oqibatida saralash oʻyinlarining muddatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Saralash musobaqalarining nizomiga koʻra, bahslarda mintaqaning 10 ta davlat milliy terma jamoalari 2022-yilgi jahon chempionati final bahsida ishtirok etish maqsadida ajratilgan 4 ta oʻrin uchun kurashadi. 5 oʻrindan joy olgan terma esa oʻtish turnirida omadini sinab koʻradi.

Janubiy Amerika futbol assotsiatsiyasining murojaati FIFAning yaqin muddatda oʻtadigan yigʻilishida koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Toʻlqin ROʻZIYEV.