Saratonga qarshi oʻsimlik navi yaratildi

    Fan 11 Avgust 2021 3284

    Namanganlik olimlar saraton xastaligiga shifo boʻluvchi oʻsimlik navini yaratishga muvaffaq boʻldi.

    “Gojji” oʻsimligi “Ituzumdoshlar” oilasiga kiruvchi mazkur nav Oʻzbekistonda ilk bor namanganlik olimlar tomonidan mahalliylashtirildi.

    Sal kam 2 ming yillik tarixga ega “Gojji” oʻsimligi dastlab Xitoyda oʻta noyob dorivor giyoh sifatida tarqalgan. Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh tadqiqotchilari Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Avazbek Merganov boshchiligida ushbu loyihaga qoʻl urgandi.

    Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grant loyiha sifatida 760 million soʻm mablagʻ bilan moliyalashtirilgan. Loyiha muallifining taʼkidlashicha ushbu dorivor oʻsimlik uzoq yillik hisoblanadi. Mevasining tarkibida inson salomatligi uchun foydali boʻlgan bir qator moddalar borligi yana-da ahamiyatlidir.