Olimlar neft-kimyo sanoatida qayta ishlash jarayonining barcha bosqichlari, jumladan xomashyoni qazib olish, qayta ishlash, tashish, ishlatish va utilizatsiya qilishning odam salomatligiga ta'sirini tahlil qilishdi. Missisipi daryosi bo'yida joylashgan 200 dan ortiq neft-kimyo zavodlarini o'z ichiga olgan hudud misol sifatida keltirildi. Uning yaqinidagi turar-joylarda yashovchi aholi vakillarida saratonga chalinganlar soni o'rtacha ko'rsatkichdan 50 baravar yuqori.

Neft-kimyo korxonalari yaqinida yashamaydigan odamlar uchun ham potensial xavf mavjud. Misol uchun, yaqinda Ogayo shtati aholisi vinilxloridni olib ketayotgan yuk poyezdining halokatga uchrashi oqibatlaridan aziyat chekdi. Tarkibida kanserogen bo'lgan zaharli tutun aholi salomatligiga ta'sir etdi.

Bundan tashqari, neft-kimyo sanoati korxonalari ko'p miqdorda issiqxona gazlarini chiqaradi, bu esa iqlim o'zgarishiga olib keladi. Haddan tashqari issiq ob-havo, o'rmon yong'inlari, to'fonlar va toshqinlar tibbiy yordam sifatiga va saraton kasalligiga chalinganlarning sog'lig'iga yanada salbiy ta'sir ko'rsatadi, deb xabar beradi lenta.ru.