Hodisa Blinova ko'chasida sodir bo'lgan. Hodisaning taxminiy sababi gaz portlashi bo'lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Telegram-kanallari xabar berdi.

10 qavatli turar-joy binosining kirish qismida portlash sodir bo'ldi. Saratovdagi ko'p qavatli uy vayronalari ostida odamlar bo'lishi mumkin. 30 dan ortiq xonadon shikastlangan.

Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida Saratovdagi ko'p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo'lgani haqida xabar berildi. Xususan, jabrlanganlardan biri, ayol kishi shifoxonada hayotdan ko'z yumdi. O'lganlar orasida bir nafar bola ham borligi ma'lum.

Portlash oqibatida qo'shni uy, o'nlab mashinalar zarar ko'rdi. Voqea joyiga ko'plab tez yordam mashinalari yetib keldi.

Blinovadagi ko'p qavatli uy yonidan o'tayotgan yo'lovchilar ustiga uyning bir qismi qulab tushdi. Ular orasida jabrlanganlar bor.

Mash telegram-kanalining xabar berishicha, portlash gaz quvuri tomonida sodir bo'lgan – u uy yaqinidagi yo'ldan o'tgan.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarning qo'shimcha qilishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, Saratovdagi ko'p qavatli uy vayronalari ostida 10 kishi qolgan. O'lganlar soni ortishi mumkin.

Burchak tomondan kiraverishdagi xonadonlar 1-qavatdan 10-qavatga tushib ketgan. Keyinchalik qulash xavfi tufayli uyning barcha aholisi evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi korrespondent.net.