Sardoba suv omborini loyihalashtirish, qurish va toʻgʻonning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi holati boʻyicha buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga oʻtkazilgan.

Hozirgi vaqtda suv omborini qurish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat ishi doirasida taftish va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi. Bu haqida jamoatchilikka qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.