2020-yil 24-iyul kuni soat 12:10 larda fuqaro 2002-yilda tugʻilgan U.X. hech qanday tegishli hujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli Kaptiva rusumli avtomashinani Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa mahallasi hududidan oʻtgan 4R-33 avtomobil yoʻlining Nayman Dashtobod yoʻnalishi 29 km.da boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yoʻqotishi natijasida avtomashina agʻdarilib, agʻnab ketgan.
Natijada haydovchi U. X. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Sardoba tumani IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati