Unda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha:

  • - jami 74 591 aholi oʻz yashash manzillariga qaytarildi. 14 859 aholi esa koʻchirilgan hududlarda yashamoqda;
  • - 1826 ta uyda taʼmirlash ishlari 97 foizga bajarildi;
  • - yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalariga jami 128 milliard soʻm ajratildi;
  • - koʻp kvartirali uy-joylarni taʼmirlash va ularning tutash hududini tiklash hamda obodonlashtirish uchun jami 35,6 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi. Xususan, uylarni taʼmirlash uchun 29,7 milliard soʻm va obodonlashtirish ishlariga 5,9 milliard soʻm sarflanadi;

2020-yilning 20-avgustiga qadar koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash va 25-avgustga qadar tutash hududlarini obodonlashtirish ishlarini toʻliq yakunlash rejalashtirildi.

Ijtimoiy soha obyektlari qurilish-taʼmirlash ishlari jami 45 foizga, shundan:

- umumtaʼlim maktablari boʻyicha 44%;

- maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha 15%;

- sogʻliq saqlash muassasalari boʻyicha 53%;

- kollej boʻyicha 31 foizga bajarildi.