Kecha hamyurtimiz, hujumkor yarim himoyachi Sardor Rashidov Qatarning  “Umm Salal” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda futbolchining o'zi instagramdagi sahifasida ma'lum qildi. 

Sal oldinroq, “Paxtakor” klubi rasmiy sayti ham Qatar klubi Sardorni transfer qilganini bildirgandi.

“Umm Salal”  o'tgan mavsum mamlakat chempionatida 6-o'rinni egallagan. 31 yoshli futbolchimiz joriy mavsumda Superligada 7 o'yinda ishtirok etib, bitta gol urgan. U ilgari ham Qatarning “Al-Jaish”, “Qatar SK” klublarida o'ynagan.