Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Sariosiyo" chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga yoʻl olgan xorij fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda qoʻl yuklari orasida deklaratsiyalanmagan va bojxona xodimiga maʼlum qilinmagan XVIII asrga tegishli 1 dona qadimiy haykalcha hamda 1 dona qadimiy obdasta borligi aniqlandi.

Shuningdek, "Termiz aeroport" chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaroning qoʻl yuklari ichidan 1 dona sargʻish-qizgʻish rangdagi, yuzasida tasvir va lotin tilidagi yozuvlar mavjud boʻlgan, XIX asrga oid tanga borligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, 50-yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar yurtimizdan olib chiqib ketilmaydi.