Sariosiyo tumanida 2022-yil 31-mart kuni Boysun tumanida yashovchi E.Eshonqul (ism-shariflar oʻzgartirilgan) viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2022-yil boshida Jizzax viloyatida yashovchi S.Asqar oʻzini “Oʻzbekiston Respublikasi DXX xodimiman” — deb tanishtirib, Toshkent shahridagi «Toshkent Siti” dahasida qurilayotgan koʻp qavatli uylardan birini olib berishini aytib, 22-fevral kuni 700 AQSH dollari, 7-mart kuni avtomashina olib berishini aytib, 400 AQSH dollari olganligini, hozirgi kunga qadar ushbu pullarini qaytarib bermayotganligini bildiradi.
Mazkur ariza yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida S. Asqar fuqaro E. Eshonquldan olib berishi kerak boʻlgan uyning hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytib, aldab 300 AQSH dollari va 1.100.000 soʻm pullarni olgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.
2-aprel kuni S. Asqarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.