Maʼlum qilinishicha, haydovchi Shahrisabz shahri markaziy ko‘chalarida harakatlanish davomida piyodalar va boshqa haydovchilar hayotiga real xavf tug‘dirib, namoyishkorona tarzda yo‘l harakati qoidalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128¹⁰-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan haydovchi 1 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan va unga 11 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Ichki ishlar organlari mazkur haydovchi tomonidan sodir etilgan qo‘pol qoida-buzarliklardan jabrlangan fuqarolarni 102 raqami yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi.