Badiiy film ikki jangovar qabila rahbarlari farzandlarining oʻrtasidagi goʻzal muhabbat qissasi asosiga qurilgan.

Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoyatosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, bundan 5-7 ming yil ilgari Navoiy viloyatida joylashgan Sarmishsoyda hayvonlarni xonakilashtirish ishlari olib borilgan va bu qoyatosh suratlarida aks etgan. Sarmishsoy darasi va uning atrofidagi soylarda 10 ming dan ortiq petrogliflar borligi aniqlangan. Rasmlarning asosiy qismi soyning oʻrta qismida joylashgan zich toshli 22,5 kilometr masofadagi qoyatoshlarga oʻyib ishlangan. Shu joyda qadimiy koʻchmanchi va oʻtroq aholining mozor qoʻrgʻonlari joylashgan. Bu esa, odamlar ushbu yerga qadimdan har xil diniy marosimlar, bayramlar oʻtkazish va ibodat qilish uchun qadam ranjida qilgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Ibtidoiy odamlar va oʻsha davrlar haqida hikoya qiluvchi film postanovkachi rejissyori Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, ssenariy muallifi Anvar Irgashev va Yuliya Medvedovskaya, postanovkachi operator Habibulla Hasanov.

Hozirda filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Film 2021-yil sentyabr oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan.