Maʼlumki, “Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy viloyati Navbahor tuman hokimining 2009-yil 14-iyuldagi tegishli qarori binoan tuman kadastri tomonidan 5000 ga maydon muzey-qoʻriqxona uchun alohida belgilab berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi “Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2019-yilda “Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxona hududidan qimmatbaho metallarni ajratib olishda oltin izlovchilarga yer ajratib berilgan va qazishma ishlari olib borilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-ilovasiga asosan ushbu muzey-qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan tegralarining chegaralari qayta belgilandi.
Hozirgi vaqtda “Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi hududidan oltin qazib olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlarini ajratib berish holatlari mavjud emas.