Ana shulardan biri Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy darasi suratlaridir.

Bu yerda 5 mingdan 10 minggacha petroglif — qoyatosh suratlari mavjud.

Xoʻsh, ulardan eng dastlabkilarining yoshi nechada?

Mutaxassislarning aytishicha, ularning eng qadimgilari miloddan avvalgi 9 ming yillar ilgari ajdodlar tomonidan toshlarga oʻyilgan. Keyingilari esa Oʻrta asrlarga tegishlidir. Neolit, bronza davrlariga oid tasvirlarda asosan hayvonlar hamda ov va boshqa marosimlar tasvirlangan. Oʻrta asrlarga oid suratlarda esa arabiy yozuvlar ham uchraydi.