Аna shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyati Jomboy tumanining eng olis hududi — “Sarqipchoq” mahallasida tashkil etildi. Unda mahallada yashovchi “Аyollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ogʼir vaziyatga tushib qolgan oilalarda yashovchi 50 nafarga yaqin xotin-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi hamda tekshiruvlar natijasida aniqlangan kasalliklarni davolash boʼyicha zarur choralar olib borilmoqda.
Mazkur salomatlik tadbirlarida viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahatchisi — viloyat Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari Sayyora Jumayeva ishtirok etdi.
Shundan soʼng S. Jumayeva ishtirokida sarqipchoqlik isteʼdodli qizlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuv davomida mahalla qizlarining malakali taʼlim olishlari va turli kasb-hunar egallashlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish masalalari oʼzaro muhokama etildi.