Mazkur festivalda (Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Sloveniya, Makedoniya, Kipr, Azerbaydjan, Rossiya, Vengriya, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Oʻzbekistan, Turkiya, jami 12 ta davlatdan yorqin isteʼdodlar ishtirok etishdi.
Festivalda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, Oʻzbekiston respublikasi DXX Chegara qoʻshinlari “Ashula va raqs” ansambli artist-vokalisti Sarvinoz Kamalova qatnashdi. S.Kamalovaning professional ijrosi, sahna mahorati va isteʼdodi munosib baholanib, fahrli 2-oʻrin gʻolibi boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar, “Turksoy” Xalqaro turk madaniyati tashkiloti tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.