Saturn kattaligidagi yangi sayyora topildi

    Astronomlar yangi ulkan ekzosayyorani aniqlashdi. TOI-5344 b deb nomlangan obyekt hajmi va og'irligi bo'yicha Saturn bilan tenglashadi.

    Sayyora tranzit usuli, TESS fazoviy teleskop yordamida kashf etildi.

    TOI-5344 b Yerdan taxminan 10 baravar kattaroq bo'lib, har kub santimetr uchun 0,8 gramm zichlikka ega. Orbital aylanish davri 3,8 kunni tashkil etadi. Atmosfera va issiq yadroni hisobga olmaganda, faqat yulduz tomonidan isitiladigan muvozanat harorati taxminan 679 kelvin deb taxmin qilinmoqda.

    Olimlar sayyorani ekzosaturn deb tasniflashdi, deb xabar beradi lenta.ru.