Saturn orbitasida 60 dan ortiq yangi tabiiy yo'ldosh topildi

    Astronomlar Saturnning ilgari noma'lum bo'lgan 62 ta tabiiy yo'ldoshi topilganini ma'lum qildi. Shunday qilib, ularning umumiy soni 145 taga yetdi.

    Barcha topilgan jismlarning diametri 2,5 kilometrdan oshmaydi. Gigant yorqin sayyoralar yonida bunday kichik yo'ldoshlarni payqash juda qiyin.

    Olimlar yangi qidiruv usulini qo'llashdi, bu samarali bo'ldi. 2019-yildan 2021-yilgacha ular vaqti-vaqti bilan uch soatlik vaqt davomida Saturn atrofidagi kuzatuvlar olib borishdi.

    Astronomlar yo'ldoshlar kattaroq jismlarning to'qnashuvi natijasida paydo bo'lgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Ularning fikriga ko'ra, Saturn atrofida retrograd orbita bo'ylab aylanadigan o'rta kattalikdagi “oy” taxminan 100 million yil avval parchalanib ketgan, deyiladi mir24.tv saytida.