Bu haqda Parij rasadxonasi tadqiqotchilari ma'lum qilishdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, okeanning mavjudligi Mimas ichida kuchli issiqlik manbasidan dalolat beradi. Aynan shu narsa muzni suvga aylantirgan.
Suyuq holatdagi suv tabiiy yo'ldosh umumiy hajmining yarmidan ko'pini tashkil qiladi.
Mimas 1789-yilda ingliz astronomi Uilyam Gershel tomonidan kashf etilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.