Saudiya Arabistoni bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish yoʻllari muhokama etildi

    Investitsiyalar 27 Noyabr 2023 676

    Joriy yil 25-noyabrda Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligining yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

    Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi, yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

    Mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan konstruktiv muzokaralarda Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan aniq tashabbuslar shakllantirilib, har bir loyiha boʻyicha masʼul ijrochilar belgilab olindi.

    Kun tartibiga muvofiq, “B2B” va “G2B” muzokaralari sessiyalari ham boʻlib oʻtdi, unda tomonlar erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qilish imkoniga ega boʻldi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.