Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida Elchining 2017-2021 - yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Taʼkidlanganidek, ushbu davr mobaynida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlanib bordi.
Elchi, oʻz navbatida, Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatining amaliy qoʻllab-quvvatlagani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.