Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlik kengaytiriladi

    Xalqaro hamkorlik 23 Fevral 2024 673

    Joriy yil 22-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va ACWA Power hamda Vision Invest kompaniyasi boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston-Saudiya Tadbirkorlik Kengashi hamraisi Muhammad Abunayyan oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Suhbat davomida energetika, transport, togʻ-kon sanoati va geologiya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va raqamli texnologiyalar sohalarida kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish haqida soʻz bordi.

    Umumiy qarashlar kelishib olindi va rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqich mexanizmlari ishlab chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.