Uchrashuvda Saudiya Arabistoni kompaniyasi tomonidan “Oʻzbekistonda tijoriy maqsadda maʼlumotlar markazini barpo etish” investitsiya loyihasining joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlarning kelishilgan jadvallarga muvofiqligi, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish doirasida yangi istiqbolli gʻoyalar koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar va oʻzaro hamkorlik formati boʻyicha kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.