Unda tomonlar ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yanada kengaytirish, Oʻzbekistondagi bir qator universitetlarda arab tili oʻqitilishi sifatini oshirish, shuningdek, oʻzbekistonlik talabalarni Saudiyaning yetakchi universitetlarida grant asosida taʼlim olishi imkoniyatlarini koʻpaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Elchi Saudiya Arabistoni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻnalishlari va shakllarini faollashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va amalga oshirishga tayyor ekanini qayd etdi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Podshoh Salmon xalqaro arab tili akademiyasi bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorligi eʼtirof etildi.