Unda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida konsullik-huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlashuvlarni oʻtkazish va Oʻzbekiston fuqarolarini viza talablaridan ozod qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Ali al-Yusuf Oʻzbekistonning mintaqada ilgʻor rivojlanib borayotganini va bir qator yirik tadbirlarga mezbonlik qilayotganini eʼtirof etdi. Xususan, joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yigʻilishi yuqori darajada boʻlib oʻtgani taʼkidlandi. Shuningdek, shu yil mart oyida Ar-Riyoz shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi ham muvaffaqiyatli oʻtgani qayd etildi.
“2023-yil 1-yanvar oyidan boshlab Saudiya fuqarolariga Oʻzbekistonga 30 kun muddatda vizasiz kirish tartibini joriy etilgani bizni juda quvontirdi. Bu oʻz oʻrnida sayyohlar oqimini oshishiga, oʻzaro savdo hajmining ortishiga turtki boʻlmoqda”, dedi Saudiya Arabistoni TIV rahbari oʻrinbosari.