Saudiya Arabistonida Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning YTHga uchrashi yuzasidan rasmiy axborot berildi

    Voqea-hodisalar 28 Dekabr 2022 2575

    “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda — Madina” 160-magistral yoʻlida uxlab qolgan.

    27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda — Madina” 160-magistral yoʻlida uxlab qolishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Natijada ushbu avtobus ichida boʻlgan 50 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchining 10 nafari jarohatlangan.

    YTH oqibatida jabr koʻrganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Farʼ” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam koʻrsatildi. Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan.

    Holat Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Fuqarolar holidan xabar olib turilibdi.