Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari boʻlgan avtobus yonib ketdi

    Makkaga yoʻl olgan avtobus Asher shahrida falokatga uchragan.

    Saudiya Arabistonida umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchrab, qisqa vaqt ichida avtobus olov ichida qoldi.

    Halokatga uchragan avtobusda Yamandan ziyoratchilar boʻlganini xabar qilgan.

    Maʼlum qilinishicha, Makkaga yoʻl olgan avtobus Asher shahridafalokatga uchragan. Hodisa oqibatida 20 kishi halok boʻlib, 29 kishi tan jarohati olgan.

    Voqea joyiga koʻplab tez yordam va oʻt oʻchiruvchilar joʻnatildi, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazildi.