Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Vazir bugun, 24-yanvar kuni podshohlik diplomatining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
Uchrashuv chogʻida savdo, investitsiyalar, energetika hamda madaniy almashinuv yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan holda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini muhokama qilingan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar koʻplab sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Elchi janoblariga Oʻzbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.