Uchrashuv davomida Oʻzbekiston–Falastin munosabatlarini ikki va koʻp tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchini mamlakatdagi faoliyati davomida qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.