Ushbu barpo etilgan qurilma orqali “Savatli”, “Mirkomilquduq”, istiqboldagi “Karomat” va “Jayhun” gaz konlaridagi quduqlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidagi suyuqlik va mexanik aralashmalarni ajratib olinishi, mavjud gaz quvurlaridagi gidravlik qarshiliklarni bartaraf etilishi evaziga kunlik qoʻshimcha tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpayishiga erishildi.
Bundan tashqari, qurilmada gaz sarf oʻlchov asbobini oʻrnatilishi bilan ushbu konlardan qazib chiqarilayotgan tabiiy gazni kunlik sarf hisobini yuritish imkoniyati yaratildi.
Loyihani amalga oshirilish uchun zarur boʻlgan 1 dona vertikal separator Muborak gazni qayta ishlash zavodidan va boshqa moddiy texnik resurslar boshqarmaning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ajratildi.
Bu esa, oʻz navbatida zarur apparatlarni sotib olinishi uchun saflanishi zarur boʻlgan pul mablagʻlarini tejab qolinishiga va mavjud ishlatilmay turgan apparat va uskunalardan oqilona foydalanilishiga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun: “Savatli” koni Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumani hududida joylashgan boʻlib, 2019-yilda ishga tushirilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati