Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “U.B.” MCHJ savdo majmuasi nazoratchisi M.Sh. tadbirkor J.F.ga 2 500 AQSH dollari evaziga MCHJ hududidan yengil tipdagi savdo doʻkoni qurishi uchun yer maydoni ajratib berishini aytib, oldindan 12 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.