Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chimboy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “A.S.» MCHJga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi R.A. 180 dona «Qaratau» nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 4,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan yana 52 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, R.A.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro Ye.B. qalbaki aksiz markali 120 dona «Qaratau» nomli alkogol mahsulotini 2,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvida yuk avtotransport vositasidan yana 240 dona «Qaratau» nomli alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Ye.B.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda esa, fuqaro T.N. 240 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 3,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonida tashkil etilgan yashirin sexdan qoʻlbola alkogol ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 4 100 dona qopqoq va boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.