Savdoni rivojlantirish kompaniyasi 800 ga yaqin eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy yordam koʻrsatdi

    Prezidentning 2024-yil 14-martdagi qarori bilan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilib, boshqarish ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berilgan edi.

    Kompaniya tomonidan 2024-yilda 798 ta (2023-yilning mos davrida 1340 ta) eksport qiluvchi korxonalarga 311,4 mlrd soʻm (2023-yilning mos davrida 409,5 mlrd soʻm) miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatilgan.

    Shuningdek, 248 ta (2023-yilning mos davrida 304 ta) korxonaga eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklariga 241,2 mln dollar (2023-yilning mos davrida 262,3 mln dollar) miqdorida moliyaviy resurslar ajratilgan boʻlib mazkur korxonalar tomonidan jami 1953,1 mln dollar (2023-yilning mos davrida 1661,6 mln dollar) miqdorida eksport amalga oshirilishiga erishildi.

    Tahlillar natijasi shuni koʻrsatmoqdaki, Kompaniya tomonidan 2023-yilda sarflangan har 1 dollarga nisbatan oʻrtacha 5,6 dollar eksport amalga oshirilgan boʻlsa, 2024-yilda ushbu koʻrsatkich 7,4 dollarni (32 foizga oʻsgan) tashkil qilgan.