Kecha, 13 oktabr kuni, Yengil atletika federatsiyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida, Nurafshon shahrida “Save Aral – 2021” sport poygasining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
Qatorasiga 3 yildan buyon o‘tkazilayotgan “Save Aral” sport poygalarining muhim xususiyati shundaki, tadbirlar marshruti kichik shaharlar va aholi punktlari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lib, bu chekka tumanlardagi aholini sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish g‘oyalariga jalb qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Joriy yilgi poygalarning dastlabkisi Kosonsoy, Xonabod, Yaypan, Zarafshon va Zomin kabi shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Keyingi “Save Aral – 2021” poygasining keyingi bosqichi 16 oktabrda Angren shahrida bo‘lib o‘tadi.
Maʼlumot uchun, “Save Aral – 2021” loyihasi final bosqichi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.