Koʻrgazma 2023-yilda “Yangi Quddus” muzeyida boʻlib oʻtadi.
Fransuz impressionistlari Sharqni oʻzlari uchun kashf qilganidek, rus avangard rassomlari ham ilhomni Oʻrta Osiyodan qidirishgan.
Oʻtgan asrning 60 yillaridayoq Qoraqalpogʻistonda arxeologik va etnografik tadqiqotlarda faol ishtirok etgan sanʼatshunos olim Igor Saviskiy bu yerda sanʼat asarlarini yigʻishni boshlagan.
Bir necha yil ichida u rus va Turkiston avangardining boy kolleksiyasini toʻplagan.