Mana shunday ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ham yana bir savobli ishga qoʻl urildi. Jumladan, Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Nurobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Asat Narkabilov 2016-yildan buyon moddiy imkoniyatidan kelib chiqib, oʻz dardiga shifo topolmasdan kelayotgandi.
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashining 2022-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan navbatdagi sessiyasida ushbu fuqaroga yordam koʻrsatish maqsadida uning hozirgi kundagi sharoiti muhokama etilib, fuqaro Asat Narkabilovning “Temir daftari”da roʻyxatda turganligi hamda oilaviy sharoiti inobatga olingan holda, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlinmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Respublika ixtisoslashgan travmatologiya va Ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida Endoprotez amaliyotini oʻtkazish uchun 27,3 million soʻm miqdorida bir martalik mablagʻ ajratildi.
Nodir Alimov,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Samarqand viloyat boʻlim boshqaruvi
matbuot xizmati xodimi.