Saxara sahrosida qor yogʻdi

    Qor sahroning shimoliy qismidagi Ayn-Sefra shaharchasi hududida yogʻa boshlangan.

    Aljir va Saudiya Arabistoni aholisi kamyob hodisa – qor yogʻishining guvohi boʻlishdi. Soʻnggi 40 yil ichida birinchi marta Saxara sahrosidagi havo harorati -2 gradus darajaga tushib ketdi.

    TSA aljir gazetasi maʼlumotlariga koʻra, qor yakshanba kuni ertalab sahroning shimoliy qismidagi Ayn-Sefra shaharchasi hududida boshlangan. Jami 40 sm ga yaqin yogʻingarchilik tushgan. Kun oxiriga kelib qor eriy boshlagan.

    Oʻtgan yili Ayn-Sefra hududlarida kuchli qor yogʻishi qayd etilgan. Oʻsha vaqtlarda qor mazkur hududda 1979-yildan buyon ilk marta yogʻganligi maʼlum qilingan edi.