Bu insonning 10 nafar farzandi boʻlib, shundan 7 nafari maktab oʻquvchilari hisoblanadi. Yaqinda A.Abdullayev “Mahalla” xayriya jamoat fondiga murojaat qilib,
7 nafar farzandlariga maktab formasi va oʻquv qurollari soʻragan edi. Uning ushbu murojaatini inobatga olib, fondning mablagʻlari hisobidan uning farzandlari homiylik asosida maktab formalari va oʻquv qurollari bilan taʼminlandi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi “Hazora” va Toyloq tumanidagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi 13 nafar kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga ham maktab formalari homiylik asosida olib berildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlim matbuot xizmati.