Xususan, viloyat hokimi “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida amalga oshirilishi belgilangan bunyodkorlik ishlarini sifatli va toʻliq yakuniga yetkazish uchun talab etilayotgan 3 mlrd. soʻm mablagʻni ajratish yuzasidan hujjat loyihasini tayyorlashga koʻrsatma bergan edi.

Shundan kelib chiqib, Ohangarondagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylari uchun 3 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.