Oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, saylov tizimini rivojlantirish borasida oʻzaro manfaatli tajriba almashish yuzasidan fikr almashildi.
E.Banberi Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini yuqori baholadi, Strategiyani amalga oshirishda mamlakatimiz parlamenti zimmasiga ham muhim vazifalar yuklanganini taʼkidladi.
U IFES faoliyatining asosiy tamoyillari va ustuvor yoʻnalishlari koʻp jihatdan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar maqsadlariga oʻxshash va uygʻun ekanini qayd etdi. Yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinishi va muddatidan oldin Oʻzbekiston Prezidenti saylovi oʻtkazilishi mamlakatimizda saylov jarayonlari va qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlash borasida ulkan yutuqlarga erishayotganini yaqqol namoyon etganini taʼkidladi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.