— Avvalo, meni xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga taklif qilgani uchun mamlakatingizning Tailanddagi elchixonasiga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman.

Bu O‘zbekistonga birinchi tashrifim va mamlakatingizda meni samimiy kutib olishganidan juda xursand bo‘ldim. Agar mendan O‘zbekiston va uning odamlari haqidagi taassurotlarimni so‘rasangiz, hech ikkilanmasdan aytamanki, bu yerda men hayotdan mamnun, ochiq chehrali, tabassumli, mehmondo‘st insonlarni ko‘ryapman. Bizga ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi xizmat va mehmondo‘stlikni ham alohida qadrlash kerak. Bu, albatta, butun o‘zbek xalqining mehr-oqibat ko‘zgusidir.

Yurtingizda men ko‘rgan hamma narsa hayratlanarli. Bir necha kun ichida ko‘p joylarda bo‘ldim va O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan sayyohlar uchun bu mamlakat juda jozibali, degan xulosaga keldim.

Kuzatuvchi sifatida Samarqand, Buxoro viloyatlarida va Toshkent shahridagi saylov uchastkalarida bo‘ldim.

Qayd etishni istardimki, barcha saylov uchastkalarining o‘ziga xos muhiti bor, bir-biridan farq qiladi, lekin ayni paytda ularni bir jihat – munosib tashkiliy saviya birlashtiradi.

Saylov kuni ham saylov uchastkalarida bo‘lib, odamlar ovoz berishga ongli ravishda kelganini, ovoz berish jarayonida faol ishtirok etganini ko‘rdik.

Prezident saylovida yoshlarning faol ishtirokini ham kuzatdik. Ko‘pchilik yigit-qizlar saylovda ilk bor ishtirok etayotgani guvohi bo‘ldik. Biz ularning yuz-ko‘zida hayotga bo‘lgan mehr-muhabbat va yuksak ishonchni ko‘rdik.

Saylovda yoshlar ishtirokiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Eng muhimi, bu yoshlarning barchasi Prezident saylovidek muhim jarayonda faol etish istagida ekani ko‘rinib turardi.

Umuman olganda, xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistondagi Prezident sayloviga yuqori darajadagi tayyorgarlikni qayd etishim mumkin. Ishonch bilan ayta olamanki, men borgan har bir saylov uchastkasi xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlangan, bu yerda har bir fuqaro o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishi va saylashi uchun barcha sharoit yaratilgan.