Veb (inglizcha Web) so'zi aslida o'rgimchak to'ri degan ma'noni bildiradi, internet tarmog'i hozirda xuddi o'rgimchak to'ri kabi bir-biriga ulanib ketgan millionlab komp`yuterlardan iboratdir. Sayt esa, ana shu tarmoqda joylashgan va o'zida biror ma'lumotni jamlagan sahifadir. Bu sahifalarda asosan matnlar (tekst), rasm, audio, video kabi ma'lumotlar joylangan bo'ladi. Dunyoning istagan eridan bularni ochish va ko'rish imkoni mavjud bo'ladi.

Veb saytlarning qanday turlari bor?

Bugungi kunda saytlarning turlarini aniq sanab aytish qiyin, chunki har sohada, har mavzuda saytlar ochilmoqda… Lekin asosiy turlarni sanab o'tamiz. Bular:

  1. Ijtimoiy tarmoqlar (facebook.com, ok.ru, vk.ru, muloqot.uz, twitter.com)

Korxona, tashkilot saytlari (apple.com, ucell.uz, gov.uz, bank.uz)

SHaxsiy saytlar (Mashur shaxslar, qo'shiqchilar, shoirlar, davlat arboblari haqidagi saytlar)

  1. Fotogallereyalar (flickr.com , shutterstock.com)
  2. YAngiliklar sayti yoki portal (islom.uz, kun.uz , darakchi.uz, ziyonet.uz )
  3. Qidiruv tizimlari(Google.uz, yandex.ru)
  4. Forum va chat (tforum.uz, forum.ziyouz.com, forum.islom.uz)
  5. Media mahsulotlari – Audio, videolar (mytube.uz, mover.uz, mp3.uz)
  6. elonlar, umumiy savdo, yoki kataloglar sayti(torg.uz, glotr.uz, zor.uz, kplus.uz)

internet do'konlar (Masalan: amazon.com, souq.com, esavdo.uz, korzinka.uz) va boshqa turdagi saytlar mavjud