Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallani har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan moto-kultivator olib berildi.
Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million soʻm daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi.
Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini koʻrsatadi.
Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalashtiradi.
Sotib olish tizimini yoʻlga qoʻyish Sayxunobodda ham, boshqa tumanlarda ham eng asosiy masala.
Shu maqsadda tumanda eksportga koʻmaklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 milliard soʻm kiritiladi.
Bu korxona 4 ming xonadonga serhosil qovoq, mosh, loviya, rozmarin, brokkoli, timyan urugʻini yetkazadi, yetishtirilgan mahsulotni sotib olib, eksport qiladi.
Bundan tashqari, mahallada sotib olishni yoʻlga qoʻygan eksportchi, ilgʻor tadbirkorlarga 300 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha grant beriladi.