Mazkur maxsus poliklinikada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki gumon qilingan bemorlarga tashxis quyish va davolash uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari tun kun navbatchilik asosida tashkil etilib, unga malakali tibbiyot xodimlar jalb etildi.

Qolaversa, bemorlar maxsus poliklinikada tashkil etilgan davo oʻrinlarida yotib davo muolajalarini olishlari, tibbiy tekshiruvlardan yaʼni laboratoriya, EKG va boshqa shu kabi tekshiruvlardan shu yerning oʻzida oʻtishlari mumkin. Birinchi yordam uchun dori darmonlar zaxirasi maxsus poliklinikaning oʻzida yaratildi.

Maxsus poliklinikaga ishga tushganidan beri 30 dan oshiq murojaatlar kelib tushdi. Bemor holati obdan oʻrganilib, harorati yuqori boʻlganlari shifoxonaga, yengillari esa uy sharoitida davolanish uchun yuboriladi.

Bu ishlarga jalb etilgan shifokorlar tarkibida rentgenolog, laborant, ikki nafar hamshira, bir nafar kichik tibbiyot xodimi xizmat koʻrsatadi.

Gʻulom PRIMOV,

Sirdaryo viloyati

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

matbuot xizmati xodimi.