Eslatib oʻtamiz, tomonlar 2023-yil 17-oktyabrda UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida 2026-yil oxiridan boshlab Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari oʻrtasida “Luxury Train Cruising” sayyohlik poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandumga imzo chekkan edilar.
Bugungi uchrashuvda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi tizimidagi poyezdlarning lyuks toifali vagonlarida VIP xizmatlarining yangi turlariga boʻlgan talab va uni joriy etish muhokama etildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida Qoʻmita tomoni Italiya kompaniyasiga Oʻzbekistonda amalga oshiradigan loyihalarida har tomonlama koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.